Direk Jayanama

Shaxsiy maʼlumotlari
Siyosiy partiyasi Khana Ratsadon

Direk Jayanama 1905-yil 18-yanvar Tailandning Phitsanulok shahrida tug'ilgan. 1967-yil 1-may oyida vafot etgan.[1][2]U Tailand diplomati va siyosatchisi.

U 1932-yildagi Siam inqilobining fuqarolik vakillaridan biri bo'lib, mamlakatning boshqaruv shaklini mutlaqdan konstitutsiyaviy monarxiyaga o'zgartirdi. U Pridi Banomyong bilan yaqin munosabatda bo'lgan va Feldmarshal Plaek Phibunsongxram hukumatida u tashqi ishlar vaziri bo'lib ishlagan. Lekin Phibunsongkhram Yaponiya bilan Tailandni Ikkinchi Jahon urushiga olib kelganida u iste'foga chiqqan. Direk Tailandning to'liq suvereniteti bo'lishi uchun hamda Yaponiya bilan hamkorlikka qarshi kurashgan Pridi va Erkin Tailand Harakati (Seri Thai) a'zosi bo'ldi. Urush tugagach u bir qancha qisqa muddatli kabinetlarda: Adliya, Moliya, Tashqi ishlar vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1949-yildan 1952-yilgacha u Thammasat universitetining siyosiy fanlar fakultetining birinchi dekani bo'lgan.

  1. Sivaraksa, Sulak. Conflict, culture, change: engaged buddhism in a globalizing world. Wisdom Publications, 2005 — 125 bet. ISBN 0-86171-498-9. 
  2. Asia Africa Intelligence Wire. „Direk Jayanama: Diplomat extraordinaire“. Bangkok Post (2004-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 10-dekabr.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search